«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo futbolchilar Federiko Valverde va Orelyen Chuameni o‘rtasidagi mojaro haqida fikr bildirdi. Futbolchilar o‘tgan mavsum mashg‘ulot paytida mushtlashib ketgandi.
«Ular hammasini o‘zlari hal qilishdi, mening aralashishimga hojat qolmadi. Aytishim mumkinki, hozir jamoada sog‘lom muhit hukm surmoqda.
Agar bu voqea haqida bilmaganimda, ularni eng yaqin do‘stlar deb o‘ylagan bo‘lardim. Yigitlar barchasini o‘zlari kelishib olishdi», — dedi portugaliyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya chempionatining 4-turidan so‘ng «qirollik klubi» 9 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam «Barselona» bilan farq 3 ochkoni tashkil etmoqda.