«Real»ning navbatdagi mashg‘uloti vaqtida Valverde va Chuameni o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Maydonda qo‘pollik oqibatida kelib chiqqan nizo, kiyinish xonasida davom etgani aytilmoqda.
Bu haqda Marca nashri xabar berdi.
Avvalroq, jamoa a’zolari Kilian Mbappening harakatlaridan norozi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Fransiyalik futbolchi jarohat tufayli mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti, ammo aktrisa Ester Ekspozito bilan Italiyaga dam olish uchun yo‘l olgan. Bu holat klub rahbariyatiga ham yoqmagan.
Ma’lum bo‘lishicha, jamoa ichida o‘ta yuqori bosim mavjud. Shundoq ham og‘ir vaziyat «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan yanada yomonlashmoqda.
Ma’lumot uchun, aynan «El Klasiko»da «Barselona» La Liga chempionligini rasimiylashtirishi mumkin.