Italiya chempionatidan yana bir mashhur murabbiy Turkiya Superligasiga yo‘l olishi mumkin. Gap Antonio Konte haqida ketmoqda.
BeIN Sports ma’lumotiga ko‘ra, uning xizmatlariga yaqinda bosh murabbiyi Ismoil Kartalni iste’foga chiqargan «Fenerbahche» qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, Konte bilan muzokaralar milliy jamoalar yig‘ini munosabati bilan yuzaga keladigan tanaffus paytida, ya’ni sentabr oyi oxirida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Hozircha Konte «Napoli» bilan ikki yillik shartnomasi yakunlanganidan so‘ng dam olmoqda. U o‘tgan mavsum oxirida Neapol klubini tark etgan.
Ma’lumot o‘rnida, Antonio bungacha Italiya milliy jamoasini boshqargan va «Chelsi» bilan APLda chempionlikni qo‘lga kiritgan.