“Fenerbahche” bosh murabbiyi Ismoil Kartal Chempionlar ligasidagi “Roma”ga qarshi oʻyindan soʻng isteʼfoga chiqishini maʼlum qildi.
Musobaqa umumiy bosqichining 1-tur bahsi Istanbulda boʻlib oʻtdi va 1:1 hisobida yakunlandi. Iyun oyida faoliyati davomida uchinchi marta “Fenerbahche” bosh murabbiyligiga kelgan Kartal soʻnggi oʻyindan keyingi matbuot anjumanida isteʼfosini eʼlon qildi.
“Bu qarorni klubim manfaati yoʻlida qabul qildim. Lavozimimni tark etaman va boshqa hech qachon qaytish niyatim yoʻq”, — dedi Kartal.
“Fenerbahche” prezidenti Aziz Yildirim esa murabbiyning isteʼfosini qabul qilmasligini bildirdi.
“Ismoil Kartal hamon oʻz lavozimida qolmoqda. Klub oʻz murabbiyini qoʻllab-quvvatlashi kerak. Men shu yerda ekanman, Ismoil Kartal «Fenerbahche” bosh murabbiyi boʻlib qoladi", — dedi Yildirim.
“Fenerbahche” bosh murabbiyi “Roma” bilan durangdan soʻng isteʼfo berdi
Futbol
10 sentabr, 23:00
5+
Klub prezidenti esa isteʼfoni qabul qilmadi.
Foto: Getty Images
10.09.2026
FT
Chempionlar ligasi
Fenerbahche
1
:
1
Roma
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi