Bu seriya o‘tgan mavsum yakunidagi beshta va yangi mavsumdagi uchta g‘alabadan iborat. Shu tariqa Jan Piero Gasperini «Roma» tarixida A Seriyada ketma-ket kamida sakkizta g‘alabaga erishgan uchinchi murabbiy bo‘ldi.
Bundan avval bu natijani Luchiano Spalletti va Rudi Garsiya qayd etgan. Spalletti 2005/06-yilgi mavsumda ketma-ket 11 ta, 2016-yilda esa 8 ta g‘alaba qozongan. Garsiya esa 2013-yilda 11 ta, 2014-yilda 9 ta bahsda ketma-ket zafar quchgan.
«Roma» A Seriyaning navbatdagi turida safarda «Torino» bilan bahs olib boradi.