25 yoshli futbolchi Neil Al Aynaui «Roma»dan ijara asosida Germaniya klubiga o‘tdi. Kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, Al Aynaui «Roma» safida barcha turnirlarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. U avval Fransiyaning «Lans» va «Nansi» klublari sharafini himoya qilgan.
Marokash milliy jamoasi safida esa yarimhimoyachi 22 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan. U 2026-yilgi Jahon chempionati uchun terma jamoa tarkibiga kiritilgandi.
Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.