Bugun
22
O'zbek

«Fiorentina» Gonsalvesh va Niontoni transfer oynasining so‘nggi kunida qo‘lga kiritdi

Futbol
1 sentabr, 23:52
Italiya klubi yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin hujum chizig‘ini ikki futbolchi bilan kuchaytirdi.
«Fiorentina» Gonsalvesh va Niontoni transfer oynasining so‘nggi kunida qo‘lga kiritdi
Foto: Getty Images

Italiya klubi Pedro Gonsalveshni «Sporting»dan, Uilfrid Niontoni esa «Lids»dan ijaraga oldi.

28 yoshli Gonsalvesh «Fiorentina»ga 2,5 million yevro evaziga ijaraga o‘tdi. Shartnomada futbolchini 22,5 million yevroga sotib olish huquqi mavjud. Ayrim sport shartlari bajarilsa, bu band majburiy xaridga aylanishi mumkin.

22 yoshli Nionto esa «Fiorentina» safida bir mavsum ijara asosida to‘p tepadi. Italiyaliklar futbolchini keyinchalik sotib olish huquqiga ega. Ijara haqi, bonuslar va transfer summasi hisobga olinganda, kelishuvning umumiy qiymati 21 million yevro atrofida bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Gonsalvesh vinger va yarim himoyachi sifatida, Nionto esa hujumchi va vinger pozitsiyalarida harakat qiladi. Ikkala transfer ham A Seriyada transfer oynasi yopilishidan oldin rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fiorentina Fiorentina
  • Sporting CP Sporting CP
  • Lids Lids
Bugungi yangiliklar