«Sevilya» 27 yoshli futbolchining «Milan»dan ijara asosida o‘tganini rasman e’lon qildi. Kelishuv 2026/27-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi va futbolchini sotib olish huquqini nazarda tutmaydi.
Fofana «Milan» safida 2024-yildan beri to‘p tepib kelayotgandi. Uning Italiya klubi bilan shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Fransiyalik futbolchi ushbu mavsumda hali maydonga tushmadi. U faoliyati davomida Fransiya milliy jamoasi safida 25 ta uchrashuvda qatnashgan.
Shuningdek, «Sevilya» «Sent-Etyen»dan belgiyalik hujumchi Lyuk Stassen, «Lill»dan esa portugaliyalik vinger Feliks Korreyyani ham ijaraga oldi. Har ikki futbolchi uchun sotib olish huquqi mavjud.