“Nottinghem Forest”ning hujumkor yarimhimoyachisi Omari Hatchinson “Milan”ga oʻtdi.
Italiya klubi 22 yoshli vingerni sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. Futbolchi “Milan”da 20-raqamda toʻp tepadi.
Daniele Longoning xabar berishicha, “Milan” Hatchinsonning ijarasi uchun 3,5 million yevro toʻlaydi. Shuningdek, 500 ming yevro bonuslar ham bor. Futbolchini toʻliq sotib olish uchun esa 40 million yevrodan ortiq mablagʻ talab etiladi.
Omari oʻtgan mavsumda APLda 31 ta oʻyinda 1 ta gol urgan va 5 ta golga assistentlik qilgan. U “Arsenal” tarbiyalanuvchisi sanaladi, “Chelsi”da ham oʻynagan.
“Milan” Hatchinson transferini eʼlon qildi
Futbol
31 avgust, 17:56
“Arsenal” tarbiyalanuvchisi ijara asosida Italiya klubiga oʻtdi.
Foto: AC Milan