Live
11
O'zbek

«Arsenal» Nvanerini A Seriyaning top-klubiga qo‘yib yubormadi

Futbol
30 avgust, 09:50
«Milan» 19 yoshli yarimhimoyachiga xaridor bo'lgan.
«Arsenal» Nvanerini A Seriyaning top-klubiga qo‘yib yubormadi
Foto: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi hujumkor yarimhimoyachi Itan Nvanerining «Milan»ga o‘tishi bo‘yicha muzokaralarni rad etdi. Bu haqda Calciomercato xabar berdi.

«Milan» 19 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha ijara asosida tarkibiga qo‘shib olishni, shuningdek, uni keyinchalik sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishni istagan. Biroq «Arsenal» taklifni darhol rad etgan.

London klubi istiqbolli ingliz futbolchisi bilan xayrlashish variantini hozircha ko‘rib chiqmayapti. Ehtimol, Nvaneri faqat sotib olish bandisiz ijara asosida boshqa jamoaga qo‘yib yuborilishi mumkin.

Nvaneri APLning 1-turida «Koventri»ga qarshi bahsda zaxira o‘rindig‘ida qoldi. U o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini «Marsel»da ijara asosida o‘tkazgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar