Live
12
O'zbek

Jezus — «Barsa» futbolchisi (Romano)

Futbol
30 avgust, 08:50
«Arsenal» ushbu transferdan 10 mln yevro ishlab oladi.
Jezus — «Barsa» futbolchisi (Romano)
Foto: Getty Images

«Barselona» «Arsenal» hujumchisi Gabriel Jesusni o‘z safiga qo‘shib oladi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Jesus ertaga, 31 avgust kuni kataloniyaliklar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Futbolchining o‘zi ham Ispaniyaga ko‘chib o‘tishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Londonliklar esa ushbu transferdan 10 million yevro ishlab oladi. Shuningdek, jamoa bonuslar ham qo‘lga kiritishi aytilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 29 yoshli Jesus 2022 yil yozidan buyon «Arsenal»da o‘ynab kelayotgandi. Avvalroq Jesus «Milan»ning asosiy transfer maqsadi ekani ma’lum qi

lingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Arsenal Arsenal
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

35+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar