Live
13
O'zbek

Timber «Marsel»dan «Kristal Pelas»ga o‘tishi mumkin

Futbol
30 avgust, 09:19
Niderlandiyalik yarimhimoyachi Angliya klubiga o‘tish bo‘yicha shaxsiy shartlarini kelishib oldi.
Timber «Marsel»dan «Kristal Pelas»ga o‘tishi mumkin
Foto: Getty Images

«Marsel» yarimhimoyachisi Kvinten Timber «Kristal Pelas»ga o‘tish bo‘yicha shaxsiy shartlarni kelishib oldi. Bu haqda GFFN xabar berdi.

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Endilikda «Kristal Pelas» futbolchining transferi uchun «Marsel» bilan kelishuvga erishishi kerak.

«Marsel» yoz davomida moliyaviy muammolar sabab futbolchilarini sotishga majbur bo‘ldi. Transfer oynasining so‘nggi kunlarida klub bir nechta futbolchi bilan xayrlashish arafasida turibdi.

Timber yanvar oyida «Marsel» safiga qo‘shilgan. U o‘tgan mavsumning ikkinchi qismida jamoa tarkibida 16 ta bahs o‘tkazdi. Bosh murabbiy Bruno Jenesio futbolchini jamoada saqlab qolishni istagan, biroq klubning moliyaviy holati talab yuqori bo‘lgan futbolchilarni ushlab qolish imkonini bermayapti.

Transfer summasi bo‘yicha hali kelishuvga erishilmagan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 25 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
  • Marseille Marseille
Bugungi yangiliklar