Bugun
38
O'zbek

«MYU» Mitchell uchun asosiy da’vogarga aylandi

Futbol
21 oktabr, 08:08
Angliyalik 27 yoshli futbolchining «Kristal Pelas» bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.
«MYU» Mitchell uchun asosiy da’vogarga aylandi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi «Kristal Pelas» himoyachisi Tyrick Mitchellni o‘z safiga qo‘shishni maqsad qilmoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar berdi.

Ma’lumot uchun, angliyalik 27 yoshli futbolchining «Kristal Pelas» bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Shu sababli u Angliya Premyer-ligasining bir qator top-klublari qiziqish doirasiga tushgan. Ular safida «qizil iblislar» asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. Manchesterliklar Mitchellning agentlari bilan allaqachon muzokara o‘tkazgan. Ehtimoliy transfer borasida gaplashishgan.

Manbaga ko‘ra, «Kristal Pelas» himoyachini jamoada olib qolish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Futbolchiga «Liverpul» va «Chelsi» ham qiziqish bildirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Kristal Pelas Kristal Pelas
Bugungi yangiliklar