Aichi-Nagoya–2026 yozgi Para Osiyo o‘yinlarida para yengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi T12/T13 klasslarining 1500 metrga yugurish finalida Faxriddin Hamrayev 4:07.48 natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. U oltin medalni qo‘lga kiritish bilan birga Para Osiyo o‘yinlari rekordini ham o‘rnatdi.
Erkaklar o‘rtasida F37 klassining disk uloqtirish finalida Qudratilloxon Marufxo‘jayev 57,39 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritib, Para Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi.
Ayollar o‘rtasida T11 klassining 100 metrga yugurish finalida Asila Mirzayorova Sardor Baxtiyorov bilan gid-yuguruvchi sifatida ishtirok etib, 12,73 soniya natija qayd etdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi