Live
1
O'zbek

«PSJ» Dembele bir necha oyga safdan chiqqanini tasdiqladi

Futbol
21 oktabr, 07:25
    17
Chempionlar Ligasi doirasidagi bahsda parijliklarning bir yo‘la bir necha nafar futbolchisi jarohat oldi.
«PSJ» Dembele bir necha oyga safdan chiqqanini tasdiqladi
Foto: Gettyimages
20.10.2026 FT Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 4 : 2 Barselona Barselona

UYEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 3-turi doirasida «PSJ» o‘z maydonida Ispaniyaning «Barselona» klubini qabul qildi (4:2).

Avvalroq fransuz klubi matbuot xizmati Hvicha Kvaratsxeliyaning xochsimon paylari uzilib ketgani va jarrohlik stoliga yotishini tasdiqlandi.

Shuningdek, klub Usmon Dembele va Markiniosning holati bo‘yicha ham ma’lumot berdi. Xabarda aytilishicha, hujumchi chap oyoq sonidan jarohat olgan va bir necha oyga safdan chiqqan. «PSJ» sardorining o‘ng oyoq soni unchalik ham jiddiy shikastlanmagan. Braziliyalik himoyachining safga qaytishi uchun bir necha hafta yetarli bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 25 oktyabr kuni «PSJ» Fransiya chempionati sakkizinchi turi doirasida o‘z uyida «Lion»ni mehmon qiladi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:45 start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

17 izoh +7 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar