«PSJ» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida o‘z maydonida «Barselona»ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Luis Enrike shogirdlari ushbu natija orqali kataloniyaliklarga mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni taqdim etdi.
Parij klubi Chempionlar ligasida asosiy vaqt doirasida ketma-ket mag‘lubiyatga uchramayotgan o‘yinlar soni bo‘yicha o‘z rekordini takrorladi. «PSJ»ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 13 ta bahsni tashkil etmoqda. Fransuz jamoasi avval bunday natijaga 2012/13-yilgi mavsumda erishgan.
Ma’lumot uchun, «PSJ» Chempionlar ligasidagi navbatdagi bahsini 3-noyabr kuni o‘tkazadi. Parijliklarning raqibi Ispaniyaning «Vilyarreal» klubi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» «Barselona»ga qarshi bahsda 81-daqiqada Vitinya, 86-daqiqada esa Fabian Ruisning gollari evaziga yakuniy hisobni o‘rnatgan.