«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal Chempionlar ligasida «Real» forvardi Kilian Mbappening natijasini takrorladi. Eurofoot nashrining X ijtimoiy tarmog‘idagi ma’lumotiga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi 19 yoshida turnirda 13 ta gol urgan. Bu yosh futbolchilar orasidagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘lib, Yamal ushbu natijada Mbappe bilan tenglashdi.
Yamal rekord natijaga Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «PSJ» darvozasiga gol urish orqali erishdi. Kataloniyaliklar Parijda 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 19 yoshli hujumchi ushbu mavsumda turnirda ikkita gol va to‘rtta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Ma’lumot uchun, Yamal «PSJ»ga qarshi bahsda 79-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Chempionlar ligasidagi navbatdagi o‘yinini 3-noyabr kuni o‘z maydonida «Aston Villa»ga qarshi o‘tkazadi.