Live
1
O'zbek

«Barselona» Chempionlar ligasida so‘nggi 20 yildagi antirekordini qayd etdi

Futbol
20 oktabr, 22:00
    40
«PSJ»ga qarshi bahsda kataloniyaliklar darvozasi tomon 15 ta aniq zarba yo‘llandi.
«Barselona» Chempionlar ligasida so‘nggi 20 yildagi antirekordini qayd etdi
Foto: Getty Images
20.10.2026 FT Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 4 : 2 Barselona Barselona

«Barselona» Chempionlar ligasida so‘nggi 20 yil ichida ilk bor raqibga o‘z darvozasi tomon 15 ta aniq zarba berish imkonini taqdim etdi. Kataloniyaliklar turnir umumiy bosqichining 3-turida «PSJ»ga 2:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Parijda o‘tgan bahsning 38-daqiqasida Dezire Due hisobni ochdi. 55-daqiqada Xavi Espart muvozanatni tikladi, 72-daqiqada esa Lukas Ernandes mezbonlarni yana oldinga olib chiqdi. 79-daqiqada Lamin Yamal hisobni tenglashtirdi.

Biroq «PSJ» yakunda g‘alabani ilib ketdi: 81-daqiqada Vitinya parijliklarni yana oldinga olib chiqdi, 86-daqiqada Fabian Ruis yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:2.

Ma’lumot uchun, ushbu mag‘lubiyat «Barselona» uchun 2026/2027-yilgi mavsumdagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. Jamoa Ispaniya chempionatida o‘tkazgan dastlabki to‘qqizta bahsining barchasida g‘alaba qozongan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar