OKMK klubi Oʻzbekiston Kubogi chorakfinalida birinchi liga vakili – «Guliston» jamoasini qabul qildi.
Oʻyinda maydon egalari 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, yarimfinal yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida shunday dedi:
- Ogʻir oʻyin boʻlishini kutgandim. Bu haqda Qarshida «Mashʼal» bilan uchrashuvdan avval futbolchilarga taʼkidlagandim. Shunaqa ham boʻlib chiqdi. «Guliston» jamoasi ham shijoat bilan harakat qildi. Shu bois har doim aytaman: mentalitetimizni oʻzgartirishimiz kerak. Futbolda hamma narsaga ega boʻlish mumkin, agar shijoat boʻlmasa juda ham qiyin.
Birinchi boʻlimdagi yigitlarning oʻyini uchun muxlislardan uzr soʻrayman. Bu mensimaslik, ochiq-oydin. Bir tomondan tushunishimiz mumkinki, bandasi turnir jadvaliga qaraydi, qaysi ligada oʻynayotganiga qarab turib baho beradi. Ammo maydonda tirik insonlar harakat qiladi. Shu hisobga olinmaganligi uchun shunaqa ogʻir oʻyin boʻldi. Biroq ikkinchi boʻlimda oʻz oʻyinimizni topib haqli ravishda keyingi bosqichga chiqdik.
Yechinish xonasida aytaman, homiy topishibdi shunaqa oʻyinlarga «Validol» degan. Bu tarix. Endi 25-oktyabr kuni boʻladigan bahsga tayyorgarlik koʻrishimiz kerak. Yigitlar bu oʻyindan toʻgʻri xulosa chiqarishlari lozim. Nimaga-ki, oʻynaydigan ular. Biz yomonlik tilamaymiz. Toʻgʻri yoʻnalish koʻrsatamiz. Kim bundan toʻgʻri xulosa chiqarsa faoliyati ham yaxshi boʻladi, yaxshi futbol ham oʻynaydi, zavqlanib. Futbolni mana shunday shijoat bilan oʻynash kerak-da. Birinchi liga jamoasi shunday harakat qildi. Ammo juda qiziqarli, tomoshabop oʻyin boʻldi. Muxlislarga qoʻllab-quvvatlashgani uchun rahmat. Gulistondan ham kelishdi.
- «Guliston» yoshlardan tashkil topgan va Proligaga chiqsa qanday ishtirok eta oladi? Fikringiz qanday?
- Hozir aytganimdek, mentalitetimizni oʻzgartirib, shu tarzda harakat qilishsa bemalol oʻynay oladi. Bemalol bosh ogʻriq boʻla oladi. Hamma narsaga ega: texnika, jismoniy taraflama, fikrlash...Futbolchiga eng keragi shijoat boʻlishi kerak. Beparvo boʻldimi, mensimadimi, hurmat qilmadimi, oʻyini ham chiqmaydi, gʻalabalar ham boʻlmaydi», - deya Mirjalol Qoʻshoqovichning soʻzlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Mirjalol Qosimov: «Birinchi boʻlimdagi yigitlarning oʻyini uchun muxlislardan uzr soʻrayman»
Eksklyuziv
20 oktabr, 16:44
Qosimov matbuot anjumanida shunday dedi:
Фото: ОКМК
20.10.2026
FT
Oʻzbekiston Kubogi
ОКМК
2
:
0
Gulistan