Bugun
47
O'zbek

Saudiya Pro ligasi. «An-Nasr» Feliksning goli evaziga g‘alaba qozondi, Ronaldu penaltidan gol ura olmadi

Futbol
20 oktabr, 16:05
    8
Yana bir qarama-qarshilikda esa «Al-Ittihod» «Al-Ittifoq»ni yirik hisobda taslim etdi.
Saudiya Pro ligasi. «An-Nasr» Feliksning goli evaziga g‘alaba qozondi, Ronaldu penaltidan gol ura olmadi
Foto: Getty Images
20.10.2026 FT Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Al Nassr Al Nassr 1 : 0 Neom SC Neom SC

Saudiya Arabistoni chempionatining 10-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv yakuniga yetdi.

«An-Nasr» o‘z maydonida «Neom»ni qabul qildi va Joau Feliksning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi. Riyodliklar safida Krishtianu Ronaldu to‘liq o‘yin o‘tkazdi. Shuningdek, u 45+6-daqiqada penaltidan gol ura olmadi.

Yana bir qarama-qarshilikda esa «Al-Ittihod» «Al-Ittifoq»ni safarda yirik 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Mehmonlar safida Yusuf An-Nosiri dubl muallifi bo‘ldi.

Saudiya Pro ligasi. 10-tur
An-Nasr — Neom 1:0
Gol:
Feliks 61.
Amalga oshirilmagan penalti: Ronaldu 45+6.

Al-Ittifoq — Al-Ittihod 1:4
Gollar:
Harun 34 — Ilenihena 16, Auar 53, An-Nosiri 80, 85 (dubl).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
  • Neom SC Neom SC
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar