Live
9
O'zbek

Ten Hag: «Ronaldu mashg‘ulotlarda yugurmas, o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rmasdi»

Futbol
20 oktabr, 15:03
Niderlandiyalik mutaxassis portugaliyalik yulduzni keskin tanqid qildi.
Ten Hag: «Ronaldu mashg‘ulotlarda yugurmas, o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rmasdi»
Foto: Gettyimages

«Manchester Yunayted» klubining sobiq bosh murabbiyi, niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Hag, portugaliyalik forvard Krishtianu Ronalduni keskin tanqid qildi.

«Krishtianu menga va jamoaga qattiq pand berdi. Sababi bizning aniq rejalarimiz bor edi. Uni qattiq hurmat qilardim, u futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan. Biroq murabbiy sifatida men qaror qabul qilishim kerak edi.

Mashg‘ulotlarda Ronaldu to‘p bilan ham, usiz ham yugurmasdi. U shunchaki tayyorgarlik ko‘rmasdi. Vaholanki eng yaxshi futbolchi jamoa manfaati yo‘lida harakat qilishi zarur. Mashg‘ulotlar vaqtida Krishtianu barchaga uning oyoqlariga ehtiyot bo‘lishni aytardi», - deya mutaxassis so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.

Eslatib o‘tamiz, Ten Hag 2022 — 2024-yillar mobaynida «qizil iblislar»ni boshqarib borgan.

Bugungi yangiliklar