«Neftchi» hujumchisi Stipe Peritsa «An Nasr»ga qarshi uchrashuv (1:3)dan so‘ng Krishtianu Ronaldu bilan birga tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.
Xorvatiyalik futbolchi portugaliyalik yulduz bilan tushgan suratiga hazilomuz izoh yozdi. U ikki hujumchining faoliyati davomida urgan gollarini qo‘shib hisoblashga ishora qildi.
«Ikkalamiz birgalikda 1000 dan ortiq gol urganmiz», — deb yozdi Peritsa.
Shu tariqa, faoliyati va statistik ko‘rsatkichlari keskin farq qiladigan ikki hujumchi bir maydonda to‘qnash keldi. Peritsa ushbu bahsda Farg‘onaning «Neftchi» klubi sharafini himoya qildi, Ronaldu esa «An Nasr» safida o‘ynadi.
Avval Italiyaning «Udineze» klubida to‘p tepgan Peritsa hozir O‘zbekistonda faoliyatining yangi bosqichini o‘tkazmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, xorvatiyalik hujumchi ushbu mavsumda «Neftchi» safida 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi