Dunyoning oltinchi raketkasi, polshalik tennischi Iga Shvyontek Xitoyning Uhan shahrida bo‘lib o‘tayotgan WTA-1000 turnirining finaliga chiqa olmadi. Yarimfinal bellashuvida u hamyurti Maya Xvalinskaga (reytingning 22-raqami) 5:7, 1:6 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.
2 soat 5 daqiqa davom etgan bahsda Maya Xvalinska ikkita eys amalga oshirdi va birorta ham qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ymadi. Shuningdek, 10 ta breyk-poyntdan 6 tasidan unumli foydalandi. Iga Shvyontek eys amalga oshira olgani yo‘q, to‘rtta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi va bellashuv davomida sakkizta breyk-poyntdan bor yo‘g‘i ikkitasidan unumli foydalandi.
Ma’lumot uchun, Uhandagi musobaqa finalida, bosh sovrin uchun Xvalinska britaniyalik tennischi Sona Kartal bilan kuch sinashadi.