Bugun
82
O'zbek

«Barselona» mavsum startida «Real» rekordini takrorladi

Futbol
17 oktabr, 17:05
Kataloniya klubi «qaymoqranglilar»ning rekordiga yetib oldi.
«Barselona» mavsum startida «Real» rekordini takrorladi
Foto: Gettyimages

«Barselona» Ispaniya La Ligasining 2026/2027-yilgi mavsumidagi dastlabki to‘qqizta turda to‘qqizta g‘alaba qozonib, Madridning «Real» klubi rekordini takrorladi. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar bermoqda. 17 oktyabr kuni kataloniyaliklar «Betis»ni 5:2 hisobida mag‘lub etishdi. «Ko‘k-anorranglilar» hisobida maksimal 27 ochko bor. «Barselona» to‘qqizta o‘yinda 39 ta gol urgan.

Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionatining 1968/1969-yilgi mavsumida ketma-ket to‘qqizta g‘alabaga erishgan, 21 ta gol urgan.

Ma’lumot uchun, to‘qqizta uchrashuvdan so‘ng, «Barselona» 27 ochko to‘plab, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. La Liganing navbatdagi turida «ko‘k-anorranglilar» 25 oktyabr kuni Madridning «Real» klubini qabul qiladi. «Qirollik klubi» 18 ochko jamg‘argan va zaxirasida 1 ta o‘yin mavjud. Madridliklar onlayn jadvalda to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar