Bugun
82
O'zbek

Konor Makgregor: «Men iqtidorli emasman»

MMA
17 oktabr, 17:31
UFC собиқ чемпиони иш ва ўзига бўлган ишонч ҳақида мотивацион пост эълон қилди.
Konor Makgregor: «Men iqtidorli emasman»
Foto: Gettyimages

Irlandiyalik UFC sobiq chempioni Konor Makgregor ish va o‘ziga bo‘lgan ishonch haqida motivatsion post e’lon qildi.

UFCning yarimog‘ir va yengil vazn bo‘yicha sobiq chempioni, irlandiyalik sportchi, Maks Xolloueyga qarshi bo‘lib o‘tgan UFC 329 turnirida tizzasidan olgan jarohati tufayli katta sahnaga qaytishi to‘xtab qolganidan uch oy o‘tib, ish va o‘ziga bo‘lgan ishonch haqida motivatsion post e’lon qildi.

«Menda iste’dod yo‘q. Men borimni o‘z ishimga bag‘ishlaganman. Odamlar oktagondagi chiqishlar va nokautlarni ko‘radi. Ammo ular barcha mehnatni ko‘rmaydi: erta uyg‘onish, mag‘lubiyatlar va voz kechish oson bo‘lgan paytda ham olg‘a intilish haqidagi qarorlar. Men tayyor bo‘lganimni his qilishni kutib o‘tirmadim. Men tayyor bo‘lishga qaror qildim. O‘zingizga ishoning. Ishlang. O‘z maqsadingizga erishish uchun tirishqoq bo‘ling», — deb yozgan Makgregor X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali.

Bugungi yangiliklar