«Betis» klubi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini hakam Rikardo de Burgos Bengoecheaning ishini tanqid qildi va «Barselona» hujumkor futbolchisi Lamin Yamalni provokatsiyada aybladi, bu Ispaniya chempionati 9-turi doirasidagi bahsdan so‘ng sodir bo‘ldi. Sevilya klubi o‘z maydonida 2:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
«To‘g‘risini aytganda, hakamning ishi tushkun kayfiyat uyg‘otdi, unda futbolni his qilish degan narsa yo‘q edi. Uning qarorlari o‘yin borishiga ta’sir ko‘rsatdi. Lamin ajoyib gol urdi, bizda darvozani ishg‘ol qilish uchun imkoniyat bo‘ldi, hisobda oldinga chiqib olish uchun imkoniyat bo‘ldi. Bizning golimizni bekor qilishdi — u yerda qo‘l bilan o‘ynash holati bo‘ldi, chunki Kuchoni itarib yuborishdi, bundan tashqari, bu golga ta’sir qilmagandi. Boshqa bir holatda «Barselona» futbolchisining oyog‘i bosh balandligiga ko‘tarildi, ammo gol hisobga olindi.
O‘yin taqdirini nima hal qilganini aytadigan bo‘lsam, bu chetlatish: Lamin provokatsiya qildi, bizning futbolchi esa javob qaytardi. Ulardan hech biri qoidani buzgani yo‘q, ikkalasini ham chaqirib, ikkalasiga ham kartochka ko‘rsatish kerak edi. Shu bilan amalda o‘yin tugadi. Juda yaxshi o‘yin bo‘ldi. Men o‘z fikrimni bildirmayapman, kadrlar o‘zi uchun gapirmoqda. Yamal katta o‘yinchi, uning Fakundo bilan o‘zaro ta’siri o‘yin tarangligining natijasi edi. Ulardan hech biri chetlatilmasligi kerak edi. Men Laminni urgan goli bilan faqat tabriklay olaman», — deya Pellegrinining so‘zlaridan iqtibos keltiradi AS nashri.
Eslatib o‘tamiz, bellashuvning 54-daqiqasida, 2:3 hisobi qayd etilgan bir paytda «Betis» yarimhimoyachisi Fakundo Bernal tortishuv vaqtida «Barselona» hujumchisiga boshi bilan zarba bergani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni muddatidan avval tark etdi.