Ispaniya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan «Villarreal» va «Elche» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Har ikki jamoa ham g‘alaba uchun harakat qilgan bo‘lsa-da, yakunda raqib darvozasini ishg‘ol etishning uddasidan chiqa olmadi.
Bu natijadan so‘ng «suvosti kemasi» 9 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. «Elche» 7 ochko to‘plab, 18-pog‘onada.
La Liga. 9-tur
Villarreal — Elche 0:0
Villarreal – Gulaçi, Kosta, Frimen, Foyt, Kardona, Komesanya (Mikautadze, 66), Masia (Saliba, 66), Oluvayeyi (Guye, 66), Axomash (Moreno, 75), Peres, Moleyro.
Elche – Dituro, Morsilo, Chust, Revivo, Valera, Sangare (Sanches, 83), Vilyar, Aguado (Redondo, 28), Sepeda, Lemar (Morente, 65), Osorio (Neto, 65).