Superliga 7-turida «Dinamo» klubi «Buxoro»ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan bellashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab Anvarjon Hojimirzayev hisobni ochdi. Ammo 18-daqiqada Nurullo To‘xtasinov maydondan chetlatildi. Maydonda kamchilik bo‘lib qolgan samarqandliklar ikkinchi bo‘limda raqibning ikki golini o‘tkazib yubordi. Asadbek Jo‘raboyev 60-daqiqada muvozanatni tikladi. 90-daqiqada Nika Kacharava esa g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Vadim Abramov jamoasi 30 ochko bilan turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. «Buxoro» esa 40 ochko bilan 4-pog‘onada.
Superliga. 24-tur
Dinamo – Buxoro 1:2
Gollar: Anvarjon Hojimirzayev, 6 (1:0), Asadbek Jo‘raboyev, 60 (1:1), Nika Kacharava, 90 (1:2)
Chetlatish: Nurillo To‘xtasinov, 18
Dinamo: 1. Edem Nemanov, 2. Artyom Radayev, 3. Mixail Shtefan, 4. Nurillo To‘xtasinov, 8. Azizbek Amonov (25. O‘ybek O‘rmonjonov, 72), 10. Anvarjon Xojimarzayev (44. Abdug‘afur Haydarov,72) 16. Amadu Dumbuya, 20. Jaloliddin Jumaboyev, 24. Akbar Xudayberdiyev ( 17. Salim Mustafayev, 31), 30. Haris Haydarovich (26. Marko Stanoevich, 72), 37. Firdavs Abdurahmonov (7. Sanjar Qodirqulov, 61)
Buxoro: 12. Umidjon Hamroyev, 5. Sardor Qulmatov (2. Velko Filipovich, 74), 7. Xurshidbek Muxtorov, 11. Temur Mamasidiqov, 18. Ozodbek Rajabov, 22. Asadbek Jo‘raboyev (9. Nika Kacharava,66) 25. Sherzod Esanov ( 88. Dominik Begich, 80), 27. Muhammad Yo‘ldashev, 42. Kirill Todorov, 78. Vladimir Rodich (77. Asilbek Qayumov, 80), 97. Shohboz Jo‘rabekov (17. Javohir Ro‘ziyev, 46)
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi