Superliga 24-turining markaziy bellashuvida «Paxtakor» Namanganda «Navbahor»ga qarshi o‘ynadi. Unda 1:1 hisobi qayd etildi. Dastlab 43-daqiqada Zaid Tahsin hisobni ochdi.
Bellashuvning 55-daqiqasida Ruslanbek Jiyanov esa penaltidan foydalana olmadi. 84-daqiqada Muhammadqodir Hamraliyev muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, «sherlar» chempionlik yo‘lidagi bahsda ochko yo‘qotib, 53 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. «Lochinlar» esa 46 ochko to‘plab, 3-pog‘onani egallagan.
Superliga. 24-tur
Navbahor — Paxtakor 1:1
Gollar: Zaid Tahsin, 43 (0:1), Muhammadqodir Hamraliyev, 84 (1:1)
Navbahor: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Islombek Mamatkazin, 5. Dilshodjon Komilov (22. Umar Adhamzoda, 46) , 6. Shohruhbek Abdurahmonov (17. Muhammadali Giyosov, 67), 7. Ruslanbek Jiyanov, 8. Diyor Xolmatov, 11. Husayn Norchayev (28. Joel Kojo,67) , 13. Opeyemi Teydi Benjamin, 23. Vanya Ilich (30. Jasurbek Jaloliddinov, 63), 34. Georgiy Jgerenaya, 55. Muhammadqodir Hamraliyev.
Paxtakor: 12. Vladimir Nazarov, 4. Zaid Tahsin, 8. Dilshod Saitov (22. Muhammad-Bobur Karimov, 82), 10. Akmal Mozgovoy, 17. Dostonbek Hamdamov (21. Bashar Resan,66), 23. Abdurauf Bo‘riyev, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 34. Sherzod Nasrullayev, 50. Flamarion, 55. Muhammadrasul Abdu majidov, 90. Chinedu Stephen (29. Ayman Husayn, 66).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi