Live
15
O'zbek

«Paxtakor» murabbiyi: «O‘yin tomonlama bo‘sh kelmadik. Yakunda g‘alabaga yaqinroq edik»

Futbol
12 oktabr, 22:00
    15
Emilian Karas «Al Qodisiya» (1:1) bilan durangdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Paxtakor» murabbiyi: «O‘yin tomonlama bo‘sh kelmadik. Yakunda g‘alabaga yaqinroq edik»
Foto: FC Pakhtakor
12.10.2026 FT Osiyo Chempionlar Ligasi Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent 1 : 1 Al Qodasiya Al Qodasiya

“Paxtakor” murabbiyi Emilian Karas Elit OCHL 2-turidan oʻrin olgan “Al Qodisiya”ga (1:1) qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.

«Maydonda yaxshi va keskin kurashlarga boy o‘yin kechdi. Har ikki jamoa ko‘plab vaziyatlar yaratdi, bahsda ko‘proq gollar urilishi ham mumkin edi.

Raqibning qarshi va tez hujumlaridan ehtiyot bo‘lishni yigitlarga aytgandik, biroq baribir jahon darajasidagi hujumkor o‘yinchilar bilan mehmonlar bir necha vaziyatlarni yuzaga keltirishdi.

Biz o‘yin taraflama bo‘sh kelmadik. Birinchi bo‘limdagi golimiz VAR orqali bekor qilindi. Ikkinchi bo‘limda hujumda to‘g‘riroq o‘ynadik. Bellashuv oxirida hisobni tenglashtirdik va g‘alabaga yaqinroq edik. Bir necha imkoniyatlardan foydalana olmadik.

Bahsdagi holatga qarab taktik o‘zgarishlar qildik. Sobirxo‘jayev markaziy himoyachi o‘rniga tushgach, hujumda futbolchimiz bir nafarga ko‘paydi. Natijada bosim qildik va gol urdik.

Hamisha shunday darajada o‘ynashni istagan bo‘lardik. Lekin chempionat o‘yinlarida ruhiy holat baribir o‘zgaradi. Mashg‘ulot va uchrashuvlarda borimizni berib, ishtiyoq bilan o‘ynashda davom etishga urin am iz. Shunda o‘sishga erishamiz. Bugun kuchli jamoaga qarshi dadil o‘ynay oldik, deb o‘ylayman»,
— deya Karasning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Al Qodasiya Al Qodasiya
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar