Live
16
O'zbek

Ronaldu «Neftchi»ga qarshi o‘yindan so‘ng: «Bugungi bahsda muhim g‘alabaga erishdik»

Futbol
12 oktabr, 22:40
    35
Krishtianu O‘zbekiston jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Ronaldu «Neftchi»ga qarshi o‘yindan so‘ng: «Bugungi bahsda muhim g‘alabaga erishdik»
Foto: Getty Images
12.10.2026 FT Osiyo Chempionlar Ligasi Al Nassr Al Nassr 3 : 1 Neftchi Fargona Neftchi Fargona

«An Nasr» va Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Neftchi»ga qarshi o‘yindan keyin ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida post qoldirdi.

Elit Osiyo Chempionlar Ligasi G‘arbiy mintaqasi 2-turidan o‘rin olgan uchrashuv Riyod klubi maydonida o‘tkazildi. Bahsda mezbonlar O‘zbekiston vakilini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

«Bugungi bahsda muhim g‘alabaga erishdik. O‘sishda davom etamiz», — deb yozdi Ronaldu X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Portugaliyalik hujumchi uchrashuvning birinchi bo‘limida gol urdi. Bu uning professional faoliyatidagi 981-goli bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, «An Nasr» navbatdagi turda BAAning «Al Vasl» klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 26 oktabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Riyod jamoasi bu bahsni ham o‘z maydonida o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, «An Nasr» birinchi turda BAAning boshqa vakili «Al Ayn»ga yirik 0:4 hisobida yutqazib qo‘ygandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

35 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar