OFK Elit Osiyo Chempionlar ligasida 2-tur davom etmoqda.
G‘arb mintaqasidagi bellashuvlarda «Istiqlol» (6, 2-o‘rin) Qatarda «Al G‘arafa» (0, 13-o‘rin) ustidan g‘alaba qozondi. Tehronliklar safida O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchilari Rustam Ashurmatov va Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushdi.
BAAning «Al Ayn»i (6, 1-o‘rin) esa bu safar Iroqning «Eyr Fors»iga (0, 16-o‘rin) 4 ta gol urdi.
Elit OChL. 2-tur. 12 oktabr
Al G‘arafa — Istiqlol 1:2
Gollar: Sassi (48) — Asani (37), Gudarzi (60).
Istiqlol — Farabbosi, Fallah, Agasi, ASHURMATOV, Hardoni, Razzag‘inia (Asani 32, Islomi 67), Chashmi, Gudarzi, MASHARIPOV (Kushki, 53), Xolizoda, Saxarxizan.
Eyr Fors — Al Ayn 1:4
Gollar: Javad (89) — Kaku (13), Ar Rosan (18, avtogol), H.Rahimi (23, 44).
Elit OChL. «Istiqlol» 2-turda ham g‘alaba qozondi, Ashurmatov va Masharipov maydonga tushdi
Futbol
12 oktabr, 16:26
«Al Ayn» esa bu safar ham 4 ta gol urdi va peshqadamga aylandi.
Foto: Esteghlal
12.10.2026
FT
Osiyo Chempionlar Ligasi
Al-Gharafa
1
:
2
Esteghlal
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi