Superliganing 24-turidan oʻrin olgan «Navbahor» — «Paxtakor» bahsi arafasida «lochinlar»ning 27 yoshli yarim himoyachisi Shohruh Abdurahmonov oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
«Navbahor» va «Paxtakor» Superliganing muntazam ishtirokchilari hamda sovrindor jamoalari hisoblanadi. Shu bois klublar prinsipial raqib hamda ushbu jamoalar oʻrtasidagi oʻyinlar doimo shiddatli va keskin kurashlar ostida kechgan. Albatta, bu safargi bahs ham bundan mustasno boʻlmaydi va oʻyin kurashlarga boy tarzda kechadi, degan umiddaman. Boisi bunday bellashuvlar futbolchilarga oʻzgacha motivatsiya beradi hamda maydonda barcha imkoniyatimizni ishga solish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.
Bundan tashqari, jamoalar turnir jadvalida qoʻshni boʻlgani, poytaxtliklar chempionlik, «Navbahor» esa sovrindorlar safidan oʻrin olish uchun kurash olib borayotgani bois boʻlajak uchrashuvning tomoshabop kechishi ehtimoli yuqori.
Biz ham ushbu oʻyinda maydonga boshqacha ruh hamda ishtiyoqda tushib, gʻalaba qozonib, muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilamiz hamda buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Ishqibozlardan esa jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qoʻllab-quvvatlab, gʻalabamizga madadkor boʻlishlarini soʻrab qolaman», — deya Abdurahmonovning soʻzlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
Shohruh Abdurahmonov: «Paxtakor» — prinsipial raqib. Bunday oʻyinlar motivatsiya beradi»
Futbol
16 oktabr, 11:38
«Navbahor» yarim himoyachisi Superliganing 24-turidan oʻrin olgan markaziy bahs oldidan fikrlarini bildirdi.
Foto: FC Navbahor
17.10.2026, 10:00
O‘zbekiston Superligasi
Navbahor Namangan
-
:
-
Paxtakor Toshkent