Live
3
O'zbek

Jokovich oradan 15 yil o‘tib yana Shveysariyadagi musobaqada ishtirok etadi

Tennis
16 oktabr, 12:40
Serbiyalik tennischi Bazelda bo‘lib o‘tadigan ATP-500 toifasidagi turnirda ishtirok etadi.
Jokovich oradan 15 yil o‘tib yana Shveysariyadagi musobaqada ishtirok etadi
Foto: Gettyimages

«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalar 24 karra chempioni serbiyalik tennischi Novak Jokovich 24-oktyabrdan 1-noyabrgacha Shveysariyaning Bazel shahrida bo‘lib o‘tadigan ATP-500 toifasidagi turnirda ishtirok etadigan bo‘ldi.

ATP matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali serbiyalik tennischi 15-yil ichida birinchi marta ushbu musobaqada ishtirok etishini ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Jokovich Bazeldagi so‘nggi g‘alabasini 2009-yilda qo‘lga kiritgan edi. Finalda u dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi Rojer Federerni 6:4, 4:6, 6:2 hisobida mag‘lub etgan.

Shuningdek, Ben Shelton (AQSH), Feliks Oje-Alyassim (Kanada), Artur Fis (Fransiya), Teylor Fris (AQSH), Rafael Xodar (Ispaniya), Valentin Vashero (Monako), Aleksandr Bublik (Qozog‘iston) va boshqalar Shveysariyadagi turnir bosh sovrini uchun da’vogarlik qilishadi.

2025-yilda dunyoning 29-raketkasi braziliyalik tennischi Joao Fonseka Bazeldagi turnir g‘olibi bo‘lgandi. Finalda u ispaniyalik Alexandro Davidovich-Fokina (reytingda 26-o‘rin)ni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etgan.

Bugungi yangiliklar