«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Usmon Dembele haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Parijliklar hujumchisi Chempionlar ligasi doirasida «Manchester Siti» ustidan qozonilgan 4:2 hisobidagi g‘alabadan so‘ng yana bir bor ta’til so‘rashini hazil tariqasida aytgandi.
«Bu yerda boss — u! Agar u ta’til so‘rasa, demak, shunday bo‘ladi. Ammo u doimo hazillashadi. Uning futbolga bo‘lgan munosabati va o‘yinga bo‘lgan ishtiyoqi menga yoqadi.
Albatta, bu hazil edi. Lekin men har doim futbolchilarga ular xohlagan narsani berishga tayyorman. Albatta, ma’lum me’yorlar doirasida. Doimo asosiy tarkibda o‘ynashning iloji yo‘q. Bunday qarorlarni qabul qilish mening mas’uliyatim ekanini ular yaxshi bilishadi.
Doimiy ta’til masalasiga kelsak... Bilasizmi, bazaga kelib, mashg‘ulot o‘tkazishning o‘zi haqiqiy ta’tildir», — dedi ispaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
17 oktabr kuni «PSJ» Fransiya chempionati doirasida safarda «Strasburg»ga qarshi bahs olib boradi.
Enrike: «Dembele — bu yerda boss»
Futbol
16 oktabr, 13:22
1
«PSJ» ustozi yaxshi o‘yindan so‘ng ta’til so‘ragan hazilkash shogirdiga javob qaytardi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi