«Manchester Siti»ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand PSJga qarshi uchrashuvda (2:4) Chempionlar ligasining ikkita rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Actu Foot nashri X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Holand turnir tarixida 60 ta gol chegarasiga eng tez yetgan futbolchiga aylandi. U bu natijaga 60 ta uchrashuvda erishdi. Lionel Messi esa 60 ta gol urish uchun 80 ta o‘yin o‘tkazgan.
Bundan tashqari, norvegiyalik hujumchi Chempionlar ligasida 60 ta gol urgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. U ushbu natijaga 26 yosh 85 kunligida erishdi. Messi esa 60-golini urganida 26 yosh 86 kunlik edi.
Qayd etish lozim, Holand parijliklarga qarshi bahsda dubl qayd etdi. Biroq uning gollari jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi.
Ma’lumot o‘rnida, Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Manchester Siti» 20 oktabr kuni AEKka qarshi maydonga tushadi.