«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-tur doirasidagi «Manchester Siti»ga qarshi o‘yin (4:2)dan so‘ng jurnalistlarning savollariga javob berdi.
— «PSJ»ning o‘yin sifati nega uchrashuv davomida bunchalik o‘zgarib ketdi?
— Raqib 0:3 hisobida ortda borayotgandi. «Manchester Siti» katta tavakkal qildi. Bunday vaziyatni boshqarish qiyin. Bizda muammolar bo‘ldi, ammo baribir APL jamoasi ustidan g‘alaba qozondik.
— Bu g‘alaba bilan Yevropaga qandaydir xabar yubordingizmi?
— Yo‘q. Qanday xabar? Bizning maqsadimiz — Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish. Turnirning ushbu bosqichida kim eng yaxshi ekani muhim emas.
— Siz Angliya klublari ustidan g‘alaba qozonishda davom etyapsiz. Bu borada qandaydir ruhiy ustunlikka egamisiz?
— Umid qilamanki, shunday (kuladi). Bu ajoyib seriya. Rekordlar meni qiziqtirmaydi. Biz bir necha haftadan keyin «Aston Villa»ga qarshi o‘yin uchun bu yerga yana qaytamiz.
Sizlarni yana ko‘rishdan xursand bo‘lamiz», — deya Luis Enrikening so‘zlarini keltiradi L’Équipe nashri.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 3-turida «PSJ» «Barselona» bilan bahs olib boradi.