Bugun
61
O'zbek

Mourinio Vinisiusning diskvalifikatsiyasi haqida: Nima uchun ular buni YECHL o‘yini kuni e’lon qildi?

Futbol
14 oktabr, 16:11
Madridliklar ustozi jamoa vingerining diskvalifikatsiya qilingani haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
Mourinio Vinisiusning diskvalifikatsiyasi haqida: Nima uchun ular buni YECHL o‘yini kuni e’lon qildi?
Foto: Gettyimages

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio jamoa a’zosi Vinisius Juniorning La Liganing to‘rtta o‘yiniga diskvalifikatsiya qilingani haqida gapirdi. Mutaxassis Chempionlar ligasida «Roma»ga qarshi o‘yin kuni qaror e’lon qilingani uchun Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) intizomiy qo‘mitasiga e’tiroz bildirdi.

«Ispaniya hakamlar qo‘mitasidan so‘rangchi, nima uchun ular Vinining diskvalifikatsiyasi haqidagi yangilikni Chempionlar Ligasining muhim o‘yiniga bir necha daqiqa qolganida e’lon qilishdi?

«Real» — Ispaniya klubi, shunday ekan nima uchun ular buni aynan hozir e’lon qilmoqda?» — deya Mourinio so‘zlaridan iqtibos keltirdi insayder Fabritsio Romano.

Ma’lumot uchun, Vinisius «Sevilya» (18 oktyabr), «Barselona» (25 oktyabr), «Rasing» (1 noyabr) va «Valensiya»ga qarshi (7 noyabr) o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. Undan so‘ng esa milliy jamoalar o‘yinlariga tanaffus bo‘ladi. Shunday ekan, braziliyalik «Real» safida 22 noyabr sanasidagi «Selta»ga qarshi bellashuvdagina maydonga tusha oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar