«Venetsiya» klubi Davide Nikola bilan bosh murabbiy etib tayinlash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Janluka Di Martsio xabar berdi.
Qayd etilishicha, mutaxassis klub bilan 2028 yilgacha shartnoma imzolaydi. Yaqin soatlar ichida Nikola «Kremoneze» bilan shartnomasini bekor qilishi va iste’foga chiqarilgan Jovanni Stroppaning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
Ayni vaqtda tomonlar zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va kelishuvning so‘nggi tafsilotlarini muvofiqlashtirish bilan band.
Nikola 2025 yildan buyon «Kremoneze»ni boshqarib kelayotgan edi. Biroq u jamoani Italiya chempionatining yuqori divizionida saqlab qola olmadi. Murabbiy avvalroq «Kalyari», «Torino» va «Krotone» klublarida ham ishlagan.
«Venetsiya» esa Italiya chempionatining bu mavsumida hozirga qadar ochko jamg‘ara olmadi. Jamoa o‘tkazilgan oltita uchrashuvning barchasida mag‘lubiyatga uchradi.