Bugun
61
O'zbek

Mourinio: «3-4 nafar Valverde bo‘lganida, ularni bir tarkibda turli pozitsiyalarga qo‘yardim»

Futbol
14 oktabr, 15:08
«Real» bosh murabbiyi urugvaylik futbolchini o‘ng qanot himoyasida o‘ynatgani sababini izohladi.
Mourinio: «3-4 nafar Valverde bo‘lganida, ularni bir tarkibda turli pozitsiyalarga qo‘yardim»
Foto: Getty Images

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio Ispaniya chempionati doirasida «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda urugvaylik yarim himoyachi Federiko Valverdeni o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasida o‘ynatganini kinoya bilan izohladi.

«Fede Valverdening o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasida o‘ynagani? «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda «Real» bosh murabbiyi, ya’ni men shunchaki ajoyib ishladim!

O‘sha paytda himoyaning o‘ng qanotdagi uslubini o‘zgartirishimiz kerakligini his qildim. Trentni Dumfrisga to‘g‘ridan to‘g‘ri almashtirishni esa umuman istamadim. Aynan Valverde bu pozitsiyada hal qiluvchi farqni yuzaga keltira oladi, deb o‘yladim. Murabbiylik faoliyatida ba’zan rejalar butunlay barbod bo‘lishi mumkin, ammo bu safar hammasi mukammal ishladi.

Agar ixtiyorimizda 3-4 nafar Valverde bo‘lganida, u jamoamizda bir vaqtning o‘zida bir nechta pozitsiyada o‘ynardi: yarim himoya markazida Valverde, o‘ng qanot himoyasida Valverde…»
— deya portugaliyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar