Live
2
O'zbek

«Endi u meni taniydimi?» — Yamal Leminaga javob qaytardi

Futbol
14 oktabr, 13:28
«Galatasaroy» futbolchisi Lemina o‘zaro o‘yin oldidan ispaniyalik yulduzni tanimasligini aytgandi.
«Endi u meni taniydimi?» — Yamal Leminaga javob qaytardi
Foto: Getty Images
13.10.2026 FT Chempionlar ligasi Galatasaray Galatasaray 1 : 4 Barselona Barselona

«Barselona» vingeri Lamin Yamal «Galatasaroy» yarimhimoyachisi Mario Leminaning Chempionlar ligasidagi o‘zaro o‘yin oldidan aytgan gaplariga munosabat bildirdi.

Turkiya klubi futbolchisi bahs oldidan hazilomuz va biroz kesatiq ohangida Yamalning kimligini bilmasligini aytgandi. Bellashuv davomida Lemina ispaniyalik futbolchini asabiylashtirishga ham urindi, ammo Yamal provokatsiyaga uchmadi.

Chorshanba kuni Yamal o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga «Galatasaroy» — «Barselona» o‘yinining eng yaxshi futbolchisi sifatida olgan sovrini bilan tushgan suratini joyladi. Bellashuvda kataloniyaliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozonishgandi.

«Endi u meni taniydimi?» — deb yozdi 19 yoshli o‘yinchi o‘z postida.

Biroz vaqt o‘tgach, Mario Lemina ham o‘z sahifasida o‘g‘lining Yamal bilan birga tushgan suratini joylashtirdi va unga quyidagicha izoh qoldirdi: «Albatta, seni taniyman! O‘g‘lim senga juda ishqiboz. Tabriklayman!»

Mol

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar