«Galatasaroy» bosh murabbiyi Okan Buruk Chempionlar ligasi 2-turida «Barselona»dan 1:4 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘ynadik. «Barselona»ga qarshi samarali pressing qo‘llay oldik va hatto hisobda oldinga chiqdik. Ammo tanaffusdan keyin raqib hujumda juda samarali harakat qila boshladi.
Uchinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan keyin jamoamizning ruhiy holati yomonlashdi.
Tan olish kerak, «Barselona» hozir ajoyib formada. Jamoada kuchli futbolchilar bor, asosiy tarkib o‘yinchilari esa anchadan buyon birga to‘p surib kelmoqda. Hozir bu o‘z samarasini beryapti.
Ularni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz esa o‘z o‘yinimizni yanada yaxshilashda davom etamiz», — deya Burukning so‘zlaridan keltiradi UEFA matbuot xizmati.