Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turidan keyin Goal portali turnir g‘olibligiga asosiy da’vogarlar reytingini yangiladi. Ro‘yxatning yuqori pog‘onasidan Parijning «PSJ» klubi joy oldi.
Luis Enrike boshchiligidagi jamoa avvalgi kuni safarda «Manchester Siti»ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Parijliklar Chempionlar ligasining oldingi ikki mavsumida ham g‘olib chiqqan va ketma-ket uchinchi marta kubokni qo‘lga kiritishga intilmoqda. Bu orqali ular Madridning «Real» klubiga tegishli natijani takrorlashni maqsad qilgan.
Reytingda ikkinchi o‘rinni «Barselona» egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka «Arsenal» yakun yasadi. Keyingi pog‘onalardan «Bavariya», «Real», «Manchester Siti», «Liverpul», «Atletiko», «Aston Villa» va «Inter» joy oldi.