Live
4
O'zbek

«Inter» Lautaro jarohat olganini ma’lum qildi

Futbol
15 oktabr, 08:15
    2
Argentinalik hujumchida «Bryugge»ga qarshi bahsdan keyin chap son mushaklari cho‘zilishi aniqlangan.
«Inter» Lautaro jarohat olganini ma’lum qildi
Foto: Getty Images
17.10.2026, 12:00 Italiya A seriyasi Bolonya Bolonya - : - Inter Inter

«Inter» hujumchisi Lautaro Martines Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida «Bryugge»ga qarshi o‘tkazilgan bahsda jarohat oldi. Bu haqda Milan klubi rasmiy sayti xabar berdi.

13-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan bahsda «Inter» 3:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Martines maydonda to‘liq harakat qildi va jamoasining ikkala goliga mualliflik qildi.

Klub ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchi Rotsanodagi Humanitas institutida klinik va diagnostik tekshiruvlardan o‘tgan. Tekshiruvlar uning chap sonining orqa qismidagi mushaklar cho‘zilganini ko‘rsatgan. Martinesning safga qaytish muddati hozircha ma’lum qilinmagan.

Ma’lumot uchun, «Inter» navbatdagi bahsini Italiya A Seriyasi doirasida «Bolonya»ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv 17-oktyabr, shanba kuni Bolonyadagi «Renato Dall’Ara» stadionida Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bolonya Bolonya
  • Inter Inter
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar