«Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martines Chempionlar ligasida Madridning «Atletiko» klubiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘linganidan keyin jamoa rahbariyatini tanqid qilgandi. Argentinalik futbolchining ushbu fikrlariga sobiq futbolchi Stiven Jerrard javob qaytardi.
«Martines «Tottenhem»ga qarshi bahsdan keyin nega hech narsa demadi? O‘shanda u Solankening goliga sabab bo‘lgan xatoga yo‘l qo‘ygandi. Shunchaki, og‘zingni yum va himoyalan!» — deya Jerrardning so‘zlarini The Touchline keltirmoqda.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» Angliya chempionati jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Maykl Kerrik boshchiligidagi jamoa 18-oktyabr, yakshanba kuni safarda «Lids»ga qarshi bahs olib boradi.