«Manchester Yunayted»ning sobiq yarimhimoyachisi va sardori Roy Kin jamoa futbolchilarining so‘nggi yillardagi natijalarini keskin tanqid qildi. Uning fikricha, futbolchilar maydonda o‘z o‘yinlari bilan javob berishi kerak.
«Manchester Yunayted» — bu qandaydir sirk. Endi maydonda o‘zlarini ko‘rsatish vaqti keldi. Ushbu futbolchilarning hech biri so‘nggi bir necha yil davomida jamoa uchun hech narsa qilmadi», — deya Kinning so‘zlarini The Touchline ijtimoiy tarmoqlarda keltirgan.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi bahs olib bordi. Maykl Kerrik shogirdlari Ispaniya klubiga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasi jadvalida olti ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.