Live
2
O'zbek

Suzish. Ilya Sibirsev Jahon kubogida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Boshqalar
15 oktabr, 06:15
O‘zbekistonlik suzuvchi Ostona bosqichida mamlakat rekordini ham yangiladi.
Suzish. Ilya Sibirsev Jahon kubogida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Foto: Olypmicuz

Qozog‘iston poytaxti Ostonada suzish bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Ilya Sibirsev 1500 metrga erkin usulda suzish dasturida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Sibirsev masofani 14 daqiqa 43,97 soniyada bosib o‘tdi. Ushbu natija unga shohsupadan joy olish bilan birga, O‘zbekiston rekordini yangilash imkonini ham berdi.

Mazkur yo‘nalishda belgiyalik Lukas Xenvo 14:33.14 daqiqa natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Vengriyalik Oliver Papai esa 14:40.55 daqiqada marraga yetib kelib, kumush medalga ega chiqdi.

1500 metrga erkin usulda suzish natijalari:

🥇 Lukas Xenvo (Belgiya) — 14:33.14

🥈 Oliver Papai (Vengriya) — 14:40.55

🥉 Ilya Sibirsev (O‘zbekiston) — 14:43.97

Bugungi yangiliklar