Live
2
O'zbek

«Arsenal» «Bavariya» himoyachisini sotib olmoqchi

Futbol
15 oktabr, 07:00
London klubi qishki transfer oynasida Kim Min Jeni o‘z safiga qo‘shishni ko‘rib chiqmoqda.
«Arsenal» «Bavariya» himoyachisini sotib olmoqchi
Foto: Getty Images

«Arsenal» qishki transfer oynasida markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Teamtalk xabariga ko‘ra, London klubi Myunxenning «Bavariya» jamoasida to‘p surayotgan janubiy koreyalik Kim Min Jeni o‘z safiga qo‘shish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Manbaga ko‘ra, 29 yoshli himoyachiga Londonning yana bir jamoasi — «Tottenhem» ham qiziqish bildirmoqda. Shu tariqa, ikki klub futbolchi uchun raqobatlashishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Kim Min Jenning bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda. Uning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, janubiy koreyalik himoyachi ushbu mavsum Germaniya Bundesligasida uchta bahsda maydonga tushib, bitta sariq kartochka olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar