Londonning «Arsenal» klubi xavbeki Mikel Merino jamoasining ushbu mavsumdagi maqsadlari va vazifalari haqida gapirdi.
«Arsenal»ning maqsadi - APL va Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish. Biz barchasini yutishni istaymiz. Buni futborlchilar, murabbiy va muxlislar istaydi. To‘rtta sovrinni qo‘lga kiritish? Albatta. Bu bizning mentalitetimiz. O‘tgan mavsum biz g‘alabaga yaqin edik. Barchasini mayda detallar hal qiladi, biz barchasiga tayyor bo‘lishmiz zarur. O‘zimizga ishonamiz», - deya 30 yoshli yarimhimoyachi so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports.
Eslatib o‘tamiz, 2025/2026-yilgi mavsumda «Arsenal» Angliya premer-ligasida chempionlikni qo‘lga kiritdi. UYEFA Chempionlar Ligasida esa «to‘pchilar» finalda, penaltilar seriyasida «PSJ»ga imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.