Live
1
O'zbek

«Xetafe» Sancho bilan shartnoma imzolashi mumkin

Futbol
14 oktabr, 07:16
Uning hozirgi transfer qiymati 10 million yevroga baholanmoqda.
«Xetafe» Sancho bilan shartnoma imzolashi mumkin
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» va «Borussiya D» jamoalarining sobiq futbolchisi Jeydon Sancho faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, «Xetafe» jamoasi angliyalik 26 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan. Madrid klubi hozirda erkin agent maqomida bo‘lib turgan futbolchi bilan shartnoma imzolashni istamoqda.

Qolaversa, ushbu transferni jamoa bosh murabbiyi Xose Bordalasning shaxsan o‘zi istamoqda. Ayni vaqtda «Xetafe» ushbu transferni amalga oshirish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Biroq Sanchoning yuqori maoshi muzokaralardagi asosiy to‘siq bo‘lib qolishi mumkin. Futbolchining yillik ish haqi 4 million yevroni tashkil qiladi.

Futbolchi o‘tgan mavsumda «Aston Villa»da ijara asosida o‘ynagan edi. Uning hozirgi transfer qiymati 10 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xetafe Xetafe
Bugungi yangiliklar